Turfa xil ajabtovur maʼlumotlar
- Eng yuqumli kasallik “vabo” nomini olgan yengil oʻlatdir. U sabab butun jahonda 75 millionga yaqin inson dunyodan koʻz yumgan. XIV asr oʻrtalarida bu kasallik tufayli Yevropaning chorak qismi tutday toʻkilgan.
- Eng baland tana harorati 1980-yil 10-iyulda AQSHning Atlanta shahrida 52 yoshli Uilli Jonsda kuzatilgan. Uning temperaturasi toʻppa-toʻgʻri 46,5° S edi. Bemorga 24 kundan keyin javob berilgan.
- Eng past tana harorati 1994-yil 23-fevralda Kanadada Karl va Kozolofski oilasida kuzatilgan. Ularning ikki yashar qizaloqlari muzlatgichda tasodifan 6 soat (!) qolib ketadi. Bechoraning temperaturasi bor-yoʻgʻi 14,2° S edi.
- Amerikalik Charlz Yensen 1954 – 1994-yillar oraligʻida 970 MARTA operatsiya stoliga yotqizilgan.
- Eng uzoq davom etgan operatsiya 1951-yilda oʻtkazilgan, u 96 soatga choʻzilgan.
- Aniqlanishicha, Yerning ogʻirligi har yili uning sirtiga tushuvchi meteorit hisobiga 30000 tonnaga ortib boradi.
- Sayyoramizdagi eng baland choʻqqi Himolay togʻlaridagi Jamolungma (Everest) ekanini koʻpchilik yaxshi biladi. Lekin sunʼiy yoʻldosh orqali oʻtkazilgan oxirgi oʻlchovlar Pokistonning Chagorn togʻidagi choʻqqilar 8858 – 8908 metr balandlikda joylashganini koʻrsatdi. Yana bir munozarali masala bor. Yer markazidan eng olisda joylashgan choʻqqi And togʻlaridagi Chimborazo (Peru) dir. Uning balandligi 6267 metrni tashkil etadi. U Yer markazidan Jamolungma (Everest)ga qaraganda 250 metr uzoqroqda joylashgan.
Rus tilidan Orifjon Madvaliyev tarjimasi
2007
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.