Qaytimini oling
Hajviy asarlari bilan nom qozongan chex yozuvchisi Yaroslav Gashek Bavariyaga sayohat qiladi. Safar payti mahalliy tansiq taom – sosiska yeyishni koʻngli tusab qoladi.
Stansiyalarning birida perronda daydib yurgan bir bolani chaqiradi va deydi:
– Mana, senga 40 pfenning. Ikkita sosiska ol. Bittasini oʻzing ye, ikkinchisini menga olib kel.
Poyezd joʻnashiga bir daqiqacha qolganda haligi bolakay yoʻl-yoʻlakay chaynalgancha vagonga yugurib keladi. Gashekka 20 pfenning uzatadi va deydi:
– Faqat bitta sosiska qolgan ekan. Uni oʻzim yedim. Manavi 20 pfenning sizning sosiskangizning puli.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 4-sonida chop etilgan.