Shoir toʻqigan ot

Shoir toʻqigan ot

Rus ayollari nomi – Svetlana aslida slavyan tillarida boʻlmagan. Uni shoir Aleksandr Vostokov oʻylab topgan va “Svetlana va Mstislav” (1802) romansida ishlatgan. Bu nomni yasash uchun “svet” (“nur”) va “lan” (qadimgi rus tilida “dala”) soʻzlarini qoʻshgan. Natijada “nurafshon dala” maʼnosidagi ism paydo boʻlgan.

1813-yili shoir Vasiliy Jukovskiy “Svetlana” degan ballada yozadi va bu ism ommalashib ketadi.

 

Orif Tolib tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 12-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.