Siyqasi chiqdi: “siyqa” nima?

Siyqasi chiqdi: “siyqa” nima?

Siyqasi chiqdi, siyqasi chiqqan kabi iboralarni koʻp ishlatamiz. Xoʻsh, siyqa oʻzi nima degani?

Izohli lugʻatga koʻra, bu soʻz tilimizda uch xil maʼnoda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Ishqalanaverib, surtilaverib sayqal topgan yoki yedirilib tep-tekis boʻlgan, sip-silliq: siyqa tosh, siyqa chaqa.

2️⃣ Koʻchma maʼnoda: ishlatilaverib koʻngilga urgan, meʼdaga tekkan. Bu maʼnoda gap, soʻz, ibora va shu kabilarga nisbatan qoʻllanadi: siyqa gap, siyqa jumla.

3️⃣ Koʻchma maʼnoda: gʻoya, mazmun va badiiylik jihatidan yuzaki, sayoz: siyqa fikr, siyqa asar.

 

Siyqa bosh iborasi sochlari toʻkilib ketgan boshni va kal odamni anglatishi mumkin.

Siyqasi chiqqan iborasi esa siyqalanib ketgan, koʻp chaynalgan, ishlatilaverib koʻngilga urgan, eskirgan degan mazmunga ega.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.