Sovqotmoq va maʼnodoshlari
Sovqotmoq (sovuq qotmoq) soʻzining sinonimlari:
Sovuq yemoq
Sovuq oʻtmoq
Junji(k)moq
Dildiramoq
Diydiramoq
Izillamoq (shevada)
Jiyda qoqmoq (ibora)
Sovqotish bilan bogʻliq holatlarni ifodalovchi feʼllar:
Qaltiramoq
Titramoq
Tishi takillamoq
Qunishmoq
Sovuq urmoq
Ushuk urmoq
Ushuk yemoq
Muzlamoq
Yaxlamoq
Toʻngmoq, toʻngʻmoq
Qotmoq
Ayozlamoq
Shamday qotmoq
Sovqotishni ifodalaydigan yana qanday soʻzlarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.
Orif Tolib
tayyorladi.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.