Tarixda qolish

Tarixda qolish

Bernad Shou elga tanilib, obroʻ-eʼtibor qozongan payt. Kunlarning birida koʻchada uni bir velosipedchi urib yuboradi. Xayriyatki, hech kim ogʻir jarohat olmaydi. Ikkovlari ham qattiq qoʻrqib ketishadi, xolos. Velosiped mingan kishi yugurib kelib, yozuvchidan toʻxtovsiz uzr soʻray boshlaydi. Ammo Shou uning uzrini qabul qilmaydi:

– Omadi kulmagan odam ekansiz-da, ser! Yana ozgina gʻayrat qilganingizda, mening qotilim sifatida tarixda qolardingiz.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining 2016-yil 4-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube