Tarjima tahriri: asliyat taʼsiridan chiqing

Tarjima tahriri: asliyat taʼsiridan chiqing

Baʼzan tarjimon asliyat tili taʼsiriga tushib qoladi va fikr yoki tushunchani oʻz tiliga xos boʻlmagan shaklda ifodalay boshlaydi. Shunday holatlardan biri qiyosiy darajadagi birikmalar tarjimasida kuzatiladi.

Ingliz va rus tillarida aniq qiymat koʻrsatib qiyoslaganda ham -roq qoʻshimchasi maʼnosi saqlanadi. Lekin uni oʻzbekchaga shu shaklda tarjima qilmaslik kerak:

 

Inglizchada:

A pencil is 3 cm longer than a pen.

 

Ruschada:

Karandash na 3 sm dlinneye ruchki.

 

Oʻzbekchada:

Qalam ruchkadan 3 cm uzun. ✅

Qalam ruchkadan 3 cm uzunroq. ❌

 

Aniq qiymat koʻrsatilganda oʻzbekchada -roq ishlatilmaydi. Qiymat aniq miqdorni ifodalab turibdi, -roq qoʻshimchasi shu aniqlikka teskari.

 

Aniq qiymat koʻrsatilmasa, -roq qoʻshimchasini qoʻllash oʻrinli boʻladi:

Qalam ruchkadan uzunroq.

 

Ana shu kattalik sifatini qiymatsiz, biroq aniq ifodalayman desak, qoʻshimcha ishlatmaymiz:

Qalam ruchkadan uzun.

 

Shu kabi xatolar tarjima matnlarda juda koʻp uchraydi. Tarjima va tahrirda eʼtiborga oling.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.