“Vakuum” nima degani?

“Vakuum” nima degani?

Vakuum soʻzi lotincha vacuus – boʻshliq soʻzidan. Atama sifatida idishga qamalgan, bosimi atmosfera bosimidan ancha past boʻlgan gazning holatini anglatadi.

 

Vakuumda eritish usulidan nozik buyumlar uchun metallar ishlab chiqarishda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin.

Politexnika lugʻati”.

 

Vakuum soʻziga asos boʻlgan vacuus lotincha vacare – boʻsh boʻlmoq soʻziga borib taqaladi. Bugungi tilda faol ishlatiladigan va boʻsh ish oʻrnini anglatadigan vakant, vakansiya soʻzlari ham ana shu soʻzdan hosil boʻlgan. Ular vakuum soʻzi bilan oʻzakdosh.

 

📌  Demak:

Vakuum

Vakum ❌

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.