“Lom-mim demaslik” nima degani?

“Lom-mim demaslik” nima degani?

Tilimizda lom va mim soʻzlari qatnashgan iboralar bor. Bu soʻzlar arabcha ل (lom) va م (mim) harflarining nomini bildiradi.

 

Lom demaslik iborasi hech narsa demaslik, indamaslikni anglatadi:

 

Ishning yengil koʻchishiga sevingan ona Otabekning bu shartiga lom demasdan koʻndi.

A. Qodiriy, “Oʻtgan kunlar”.

 

Lom deya olmay qolmoq esa javob qaytara olmay, gapirolmay, indamay qolishdir:

 

Doʻstining eʼtirozlaridan soʻng lom deya olmay qoldi.

 

Lom-mim demaslik iborasi lom demaslik iborasi bilan bir xil maʼnoga ega:

 

Mudarris domla ham mening ketishimga lom-mim demay rozi boʻlibdilar.

M. Muhammadjonov, “Turmush urinishlari”.

 

Baʼzida lom-mim soʻzi lom-lim shaklida xato ishlatiladi. Bu – ogʻzaki nutqdagi tovush oʻzgarishi, soʻzni bu shaklda qoʻllamaslik kerak.

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.