Yaxshilik bilan tugaydigan asar
Shekspir tragediyalari bilan taniladi. Qaygʻuli yakunlardan bezgan muxlislar bir kuni undan oxiri yaxshilik bilan tugaydigan asar yozishni soʻraydi. “Bajonidil, – deydi Shekspir. – Bosh qahramonlarining barchasi yaramas odamlar boʻlgan bir pyesa yozaman. Oxirida ularning hammasi oʻladi va bundan quvongan tomoshabinlar qarsak chalib yuboradi”. Ana shu vaʼda tufayli dramaturg “Hamlet” asarini qogʻozga tushiradi.
Orif Tolib tarjimasi
“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 11-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.