Yomgʻir haqida turfa maʼlumotlar

Yomgʻir haqida turfa maʼlumotlar
  • Portugaliyada yomgʻir yoqqani sababli ishga chiqmagan odamning bahonasi asosli hisoblanadi.
  • Para shahrida aholi soatini yomgʻirga qarab toʻgʻrilab oladi, chunki bu yerda yomgʻirlar odatda bir vaqtda yogʻadi.
  • Aslida yomgʻirning hidi boʻlmaydi. Yomgʻir paytida paydo boʻladigan isni aktin va sian bakteriyalari hosil qiladi.
  • Uganda mamlakatida yiliga oʻrtacha 250 MARTA yomgʻir yogʻadi.
  • Qurgʻoqchil iqlimi bilan mashhur Botsvana aholisining salomlashuv soʻzi “yomgʻir” degan maʼnoni bildiradi. Ular hatto milliy valyutasiga ham “yomgʻir” nomini berishgan.
  • Kubada yomgʻir odatda peshindan keyin, Taylandda esa faqat kechasi yogʻadi.
  • Sahrodagi odam yomgʻirda qolib ham quruq yurishi mumkin. Chunki tomchilar yerga yetib kelmaydi, qizib turgan havo ularni bugʻlantirib yuboradi.
  • Hindisdondagi Cherapunji shahri dunyodagi eng seryogʻin shahar sanaladi. Bu yerga yiliga oʻrtacha 26 460 mm yomgʻir tushadi.
  • Yomgʻir odatda 5,6 rN kislotaga ega boʻladi. Kislota miqdori kam boʻlsa, yogʻin kislotali deb hisoblanadi. 5,5 kislotali yomgʻirda bakteriyalar, 4,5 kislotalisida esa hasharotlar, suvda va quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar halok boʻladi.
  • AQSHning Ogayo shtatidagi Uaynsberg shaharchasida 29-iyul odatda yomgʻir bilan oʻtadi. Bu hol yuz yildan beri takrorlanyapti.
  • Hozir hatto sunʼiy yomgʻir yogʻdirish ham mumkin. Toʻp-toʻp bulutlar ustiga samolyotdan quruq muz boʻlakchalari tashlanadi. Bulutda karbonat kislotasi suv bilan qorishadi va qor parchasiga aylanadi. Yoʻlda harorat taʼsir qilib, qor parchalari yerga yomgʻir boʻlib tushadi.
  • Har yili yerga 519 000 kilometr kub yomgʻir tushadi. Bir kilometr kub yogʻin milliard tonna suv demakdir.
  • Har yuz million odamdan birining yomgʻirga allergiyasi bor. Bunday odamning badaniga suv tegsa, oldin qizaradi, keyin shishib ketadi. Agar u yomgʻirda qoladigan boʻlsa, halok boʻlishi ham mumkin.
  • Eng ogʻir doʻl 1986-yilning 14-aprelida Gopalganj shahrida yoqqan. Bir dona doʻl donasi oʻrtacha bir kilogramm edi. Shu yogʻin tufayli 92 kishi hayotdan koʻz yumgan.
  • Dunyodagi eng seryogʻin joylarda qish payti suv yetishmaydi. Yomgʻirlar mavsumi soʻnggiga yetgach, qurgʻoqchil qish keladi. Bu paytda odamlar boshqa shaharlardan suv sotib olishga majbur boʻladi.

 

Orifjon MADVALIYEV tayyorladi.

 

2012

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.