Amaliyot: ortiqcha soʻzni qisqartiramiz
Xabar sarlavhasi:
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida ayiq yirtqich hayvoni qishloqlardan biridagi mahallaga hujum qilgani aytilayotgan video tarqaldi
Tahrirdan soʻng:
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida ayiq qishloqqa hujum qilgani haqida video tarqaldi ✅
Yanayam qisqartirmoqchi boʻlsak:
Chiroqchidagi qishloqqa ayiq hujum qilgani aytilyapti ✅
Agar videosi borligini ham taʼkidlash zarur boʻlsa:
Chiroqchidagi qishloqqa ayiq hujum qilgani aytilyapti (video) ✅
🟢 Birinchi jumladan qisqartirib tashlangan soʻzlar nima uchun ortiqcha? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.