Chalqa va chalqancha

Chalqa va chalqancha

Chalqa soʻzi oʻzbekchada mustaqil ishlatilmaydi. Chalqa tushmoq iborasi tarkibida keladi va orqani yerga berib, choʻzilib yotish, chalqancha tushib yotishni anglatadi:

 

Oʻlik soldat chalqa tushib yotibdi.

T. Rustamov, “Mangu jasorat”.

 

Chalqa oʻzakli soʻzlar orqa tomonni ifodalovchi mazmunga ega. Masalan, chalqaymoq soʻzi orqaga egilish, boshni orqaga tashlash maʼnolariga ega:

 

Bizni koʻrdi-yu, togʻa qoʻllariga suyanib chalqaydi.

T. Murod, “Ot kishnagan oqshom”.

 

Chalqancha soʻzining mazmunini koʻpchilik yanglish tushunadi. Bu soʻz orqani yerga berib, choʻzilib, osmonga qarab degan maʼnolarga ega. Chalqancha yotish osmonga qarab, orqani yerga berib yotishni anglatadi:

 

Bobom koʻlmakda chalqancha yotar, ingrar edi.

Oʻ. Hoshimov, “Ikki eshik orasi”.

 

Chalqancha soʻzining chalqanchasiga varianti ham bor:

 

U chalqanchasiga suzdi.

“Yoshlik”.

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.