Doʻha – Qatar poytaxti

Doʻha – Qatar poytaxti

Qatar poytaxti nomini koʻp joyda Doxa deb yozishadi. Ruschadan tarjima qilganlar shu shaklni olib qoʻya qolsa kerak. Soʻzning asliyati qanaqaligi, oʻzbekcha manbalarda qanday yozilganiga koʻpda eʼtibor berilmaydi.

Qatar poytaxti nomi asliyatda الدوحة – ad-Doʻvha koʻrinishiga ega. Bir taxminga koʻra, shahar nomi arabcha ad-doʻvhakatta daraxt soʻzidan kelib chiqqan. Mahalliy hokimiyat bergan maʼlumotga koʻra esa shahar nomi doʻhatkoʻrfaz, aylana soʻzidan. Chunki shahar atrofi yoy shaklidagi koʻrfazdan iborat.

Koʻp toponimlarni ruscha variantda bergan milliy ensiklopediya Qatar poytaxtini asliyatga mos shaklda yozganDoʻha. Hatto Doha shaklida ham emas. Bu men uchun kutilmagan yangilik boʻldi.

Oʻzbekchada doʻha soʻzini bemalol aytish mumkin, bu tilga qiyinchilik tugʻdirmaydi. Shahar nomini ayni shu shaklda ifodalash toʻgʻri.

 

📌  Demak:

Doʻha

Doha, Doxa ❌

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.