Gina-kudurat nima?
Shunaqa juft soʻz bor. Uni gina-kudrat, gina qudrat shaklida xato ishlatish koʻp uchraydi.
Gina soʻzi xafalik, norozilik; kek; shikoyat, arzi hol maʼnolarini anglatadi. Kudurat esa koʻngil gʻashlik, xafalikni bildiradi.
Gina-kudurat har xil gina va noroziliklar maʼnosiga ega:
Onaning gina-kudurati saraton yomgʻiridek tez oʻtib boʻlgan edi.
Shuhrat, Shinelli yillar.
Otaqoʻzi, oʻgʻli bilan togʻasi oʻrtasidagi gina-kudurat koʻpga choʻzilmas, deb umid qilardi.
O. Yoqubov, Diyonat.
Izohli lugʻatga koʻra, ushbu juft soʻzning gina-gudrat, gina-gudur kabi shakllari bor. Lekin gina-kudrat yoki gina-qudrat shakli yoʻq.
📌 Demak:
Gina-kudrat, gina-qudrat ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.