Hammayoqda “shapka”!
Shapka soʻzini shunchalik koʻp ishlatganimizdan uning oʻzbekchasini unutayozdik hisob. Oʻz soʻzimizni ishlatmasak, tilimiz qashshoqlashib, gʻariblashib boraveradi. Bu masalaga ayniqsa ommaviy axborot vositalari jiddiy qarashi kerak.
Xoʻsh, shapka soʻzining oʻzbekchasi nima boʻladi? Qalpoq boʻladi. Oʻzbekchada bosh kiyimni ifodalaydigan ancha-muncha soʻz bor. Lekin ular badiiy adabiyot yoki publitsistikada yashaydi xolos. Jonli tildan yiroqlashib ulgurgan:
Qalpoq
Tumoq
Telpak
Choʻgirma (uning toʻgalak, sherozi va silkma kabi turlari bor)
Boʻrk
Papax
👇 Siz yana qanday qishki bosh kiyimlarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.