Hayotning eng qiyin davri
Hayotning eng qiyin pallasi qaysi, degan savolga har kim turlicha javob berishi mumkin. Jumladan, adiblar ham. Masalan, atoqli turkman shoiri Maxtumquli bir oʻrinda: “Dard yomoni qarilikdir, yoronlar”, deya umrning oxirgi bosqichi zahmatlarga toʻlaligini aytadi. Mashhur olmon yozuvchisi Erix Mariya Remark esa boshqacha fikrda: “Aytishlaricha, umrning dastlabki yetmish yilini yashab olish qiyin. Undan u yogʻi silliqqina ketadi”.
Orif Tolib
tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2017-yil 2-sonida chop etilgan.
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.