Ot ishqibozi

Ot ishqibozi

Juda koʻp yozuvchilar xayolni chalgʻitish, fikrini tindirib olish uchun turli yumushlar bilan shugʻullanadi. Adabiyot yoʻnalishida Nobel mukofoti sovrindori Uilyam Folkner bolaligidan otlarga mehr qoʻygan edi. Otasining ijara otxonasi va otlari boʻlib, boʻlajak yozuvchi koʻp vaqtini shu yerda oʻtkazardi. Oʻn bir yoshga toʻlganida unga chavkar toy sovgʻa qilishadi. Asov ot Folknerni opqochib ketadi va yozuvchi moʻʼjiza sabab bir oʻlimdan qoladi. Lekin bu hol yozuvchining otlarga boʻlgan mehrini susaytirmaydi. U umrining oxirigacha: “Agar avtomobillar otlarning oʻrnini egallamaganda, yilqichilik bilan shugʻullanardim”, degan gapni bot-bot aytib oʻtadi.

Yozuvchi oltmish yoshlarida ot sporti ustasi bilan tanishib qoladi. Yoshiga ham qaramay chavandozlik bilan shugʻullanib koʻrmoqchi boʻladi. Toʻsiqlardan sakrab oʻtishda boshqa chopagʻonlar kabi oyoqlarini ot biqiniga tirab olish oʻrniga keng ochgan Folkner egardan uchib ketadi. Natijada shuningsiz ham ogʻriydigan umurtqasidagi dard ortadi. Biroq yozuvchi umrining oxirigacha “ot muhabbati”dan voz kechmaydi. Qayta-qayta otdan yiqilsa-da, yana egarga chiqaveradi.

 

Orif Tolib

tayyorladi.

 

“Yoshlik” jurnalining
2017-yil 2-sonida chop etilgan.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.