Koʻklam
Kasaldayin holsiz, siniqqan
Tabiatga rang berdi koʻklam.
Qon yugurdi mudroq, namiqqan
Ogʻochlarning tanasiga ham.
Ularga gul-chechaklar taqib,
Boshladi bir toʻy ayyomini.
Qizgʻaldoqdan olovlar yoqib
Yangiladi hayot shamini.
Ana, yal-yal kiyimli qizlar
Ketib borar...
Suvsiz sahrolarday…
Suvsiz sahrolarday oʻrtanar jonim, Koʻnglim tashna boʻlib, yonib sevaman. Sevgiga ishonib, baxtga ishonib, Mayda tuygʻulardan tonib sevaman. ...
Tarjimai hol
Xayollarga ergashib, Togʻlar oshib, qir oshib, Hijron bilan kurashib Yoqavayron boʻlganman. Gul bermadim, dil berdim, Dilmas,...
Ikki qadam
Sen kelding, koʻzlardan gʻubor aridi, Oʻtli shavq uygʻondi qushlar sozida. Osmon tiniq tortdi, qorlar eridi, Gullar naqshlandi muzning yuzida. ...
Yaxshi tushlar koʻrsin
Isitmalab qolsam, ogʻrisam ozroq Yo ishim yurmasa – toraysa olam, Onam xavotirda qilar qoʻngʻiroq: “Tushimga kiribsan, tinchmisan, bolam?” Shukur, yaxshi, deyman, hammasi aʼlo,...
Tushunish
Imo-ishorada soʻylaydi sayyoh,
Shu shaklda javob qaytarar mezbon.
Garchi biror soʻzni anglolmas, ammo
Til topishib olar ikkisi oson.
Baʼzilar bor – umri umrmas, ogʻu,
Bir umr ezilar, armonda ketar.
Birga...
Sodda odamlar
Shu fursat sheʼr aytay shaʼningizga bir, Nomingizni yayrab yozsin qalamlar. Muhabbatim sizga, mehrim sizgadir Ey sodda odamlar, moʻmin odamlar. ...
Uchrashuv
Biz uchrashdik, yoʻq, bizlar emas, Yolgʻon bilmas koʻzlar uchrashdi. Chaqmoq chaqib oʻtdi bir nafas, Kul qoplagan hislar uchrashdi. ...
Bahs
Yaxshi qiz uzoqqa tushmasmish hecham Mahalla-koʻyidan, ota uyidan. Balki unga farqi yoʻqligi uchun Uch kun oldin xabar topar toʻyidan. ...
Izn
Maktabimga hech shoshilmasdim,
Hamma bilar edi feʼlimni.
Kechikardim, parvo qilmasdim:
“Uzr, ustoz, kirsam maylimi?”
Xayolparast, oʻychan shoirga
Tergab-tergab dars berdi hayot.
Goho koʻmib ming bitta sirga,
Goh sevgidan qarz berdi hayot.
Tuygʻularga...