Koʻklam
Kasaldayin holsiz, siniqqan
Tabiatga rang berdi koʻklam.
Qon yugurdi mudroq, namiqqan
Ogʻochlarning tanasiga ham.
Ularga gul-chechaklar taqib,
Boshladi bir toʻy ayyomini.
Qizgʻaldoqdan olovlar yoqib
Yangiladi hayot shamini.
Ana, yal-yal kiyimli qizlar
Ketib borar...
Hayot
Hayot, hayot... Doimiy gʻolib, Usullari koʻhna va yangi. Yuragimga tushovlar solib, Asabimga niqtar uzangi. Ana, singlim dalada...
Osmonimda kulmasmisan
Havolab-havolab tiniq tortgan oy, Olislagan sayin husni ortgan oy, Shirin-shirin xayol surib yotgan oy, Mening osmonimda kulmasmisan, ayt? ...
Ikki qadam
Sen kelding, koʻzlardan gʻubor aridi, Oʻtli shavq uygʻondi qushlar sozida. Osmon tiniq tortdi, qorlar eridi, Gullar naqshlandi muzning yuzida. ...
Oshiq oʻyin
Bu qiz bilan sevishmoq oson, Sutdek darrov pishar savdoying. Goʻyo unga oshiq boʻlasan, U ham boʻlar goʻyo adoying. ...
Minnat oshi
Har kimga gʻoyibdan baraka, qut ber, Baxtu iqbolini tugal ber, but ber. Besh kunlik umriga maza ber, tot ber, Hech kimga ichirma minnat oshini....
Tilak
Oʻziday mard boʻlar yigitning soʻzi – Jonu jigariga tutash ildizi. Iloyim, yerlarga boqmasin koʻzi – Boshi baland boʻlsin, soʻzi sinmasin....
Toʻy
Orzu-havas chinga aylandi bugun, Bir qizning hovlisi bugun toʻyxona. Tinmay jilmayadi mehmon koʻngli-chun Baxtiyor ota va baxtiyor ona. ...
Kuz arafasi
Turnalar qur-qurlab uchdi yarim tun, Mungli saslaridan seskandi osmon, Kuz yaqinlab qolgan zamindan dilxun Joʻnadilar yashil oʻlkalar tomon. ...
Uchrashuv
Biz uchrashdik, yoʻq, bizlar emas, Yolgʻon bilmas koʻzlar uchrashdi. Chaqmoq chaqib oʻtdi bir nafas, Kul qoplagan hislar uchrashdi. ...