Mashhur unlisiz roman
1969-yili fransuz yozuvchisi Jorj Perekning “La disparition” (“Gʻoyib boʻlish”) romani bosilib chiqadi. Oʻziga xos tomoni, unda fransuz tilida eng koʻp qoʻllanadigan “e” harfi ishlatilmagan edi. Kitob xuddi shu anʼanaga asoslanilgan holda ingliz, olmon va italyan tillariga tarjima qilinadi. XXI asr boshlarida asarni rus tiliga tarjimon Valeriy Kislov oʻgiradi. Tarjimada rus tilidagi eng mashhur unli – “o” ishtirok etmaydi.
Shu oʻrinda bir mulohaza. Agar oʻzimizda ham biror qiziquvchan tarjimon topilib, shu romanni oʻzbekchaga oʻgirsa, qaysi unlini ishlatmas ekan: “a”nimi yoki “o”ni?
Orif Tolib tayyorladi.
“Yoshlik” jurnalining 2015-yil 12-sonida chop etilgan.