Moʻndi

Moʻndi

“Boʻzchi belboqqa yolchimas, kulol – moʻndiga” degan maqolni eshitgan boʻlsangiz kerak. Xoʻsh, maqoldagi moʻndi nimani anglatadi?

Moʻndi – sopol koʻza turi: ogʻzi tor, qorni keng shaklda, dastasiz boʻladi. Odatda suyuqlik, asosan yogʻ solib qoʻyishda foydalanilgan.

Fargʻona shevasida ayol-qizlar tilida qora moʻndi degan ibora ishlatiladi. Haqorat maʼnosi bor. Odatda xotin-qizlarga yoqmagan, biror nojoʻya harakati sababli ularning gʻazabiga duchor boʻlganlarga nisbatan ishlatiladi. Menimcha, bu iboraning paydo boʻlishiga ilgarilari moʻndilarda koʻpincha yogʻ saqlangani sabab boʻlgan. Bilasiz, moy saqlanadigan idishlar yogʻ toʻkilaverganidan yaltirab, qorayib ketadi. Moʻndilar ham shunday boʻlgan.

Endi yagʻiri chiqib ketgan koʻzani tasavvur qiling. Ha, ayollarning koʻziga yomon koʻrinmagan maʼqul 😄.

 

Orif Tolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.