Munojot
Munojot soʻzi arab tilidan kirgan, asliyatda iltijo, maxfiy suhbat maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda ishlatiladi:
1️⃣ Islomdagi farz namozlardan tashqari ixtiyoriy ravishda oʻqiladigan namozlar. Har qanday dindorning xudoga ixtiyoriy iltijo va ibodat qilishi ham munojot hisoblanadi:
Ayriliqdan tinmayin dod aylayin,
Yolborib, haqqa munojot aylayin.
“Oysuluv”.
2️⃣ Sharq mumtoz adabiyotining anʼanaviy unsurlaridan biri. Odatda munojotda najot umidi, iltijo va tavbalar tangriga otashin murojaat shaklida ifodalanadi:
Alisher Navoiyning munojotlarini oʻqiyapman.
3️⃣ Yirik shakldagi oʻzbek mumtoz cholgʻu kuylari turkumi (uch asosiy qismdan iborat):
Domla… muzikaning xumorisi tutar ekan, “Munojot” bilan “Qari navo”ni eshitmagan kunim bamisoli xaltasini yoʻqotgan devonaman, degan ekan.
P. Tursun, Oʻqituvchi.
4️⃣ Xotin-qizlar ismi.
📌 Demak:
Munojot ✅
Munojat ❌
Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.