Rasmiy munosabat eʼlon qilindi

Rasmiy munosabat eʼlon qilindi

Davlat tilini rivojlantirish departamenti saytida “Oʻzbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish toʻgʻrisida”gi qonuniga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasi yuzasidan rasmiy munosabat eʼlon qilindi.

Munosabatda kiritilayotgan oʻzgarishlar asoslab berilgan. Jumladan, Sh va Sh harflari islohi haqida shunday deyiladi:

“Turkiy tilli oilaga mansub oʻzbek tilida bitta tovushni anglatuvchi Sh va Sh harflari uchun ikkita harf belgilangan. Bu hech bir turkiy davlatlar amaliyotida yoʻq. Xalqimiz tarixda foydalangan
arab, lotin, kirill yozuvlari ham “bir tovushga – bir harf” tamoyiliga asoslangan.

Natijada, birinchidan, alifbodagi ushbu harflar sababli kattaroq hajmdagi matnni oʻqish va yozish qiyinligicha qolmoqda. Bu oʻz navbatida, mamlakatimizda lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosining ommalashishiga salbiy taʼsir qilmoqda;

ikkinchidan, lotin yozuvida oʻqigan yoshlar orasida savodsizlik kuchayib, yozma nutqda soddaroq belgi (“oʻ” ning oʻrniga “6”, “ch” ning oʻrniga “4”, “sh” ning oʻrniga “w”) dan foydalanish avj olgan;

uchinchidan, milliy alifbodagi murakkabliklar tufayli koʻpchilik bitiruvchi yoshlar mehnat faoliyatlarini kirill alifbosida davom ettirishga majbur boʻlmoqda;

toʻrtinchidan, alifbodagi murakkab harflar tufayli oʻzbek tilini “raqamlashtirish”, internet tiliga aylantirish imkoni boʻlmayapti va h.k”.

 

Tanishib chiqishni tavsiya etaman. Oʻzgarishlar bilan bogʻliq savollarga asosli javoblar bor:

👉 http://til.gov.uz/uz/news-and-announcements/news/230

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.