Iftor

Iftor

Bu soʻz arabcha roʻza tutishni toʻxtatdi maʼnosidagi fatara feʼlidan yasalgan. Asliyatda roʻza tutishni toʻxtatish, nonushta qilish maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda qoʻllanadi:

 

1️⃣ Roʻza kunlari shom paytida oʻtkaziladigan roʻzani ochish, ogʻiz ochish marosimi; ogʻiz ochib ovqatlanish.

 

Iftor qilmoq. Iftorga oʻtirmoq.

 

Tohir keksa ota-onasi bilan iftor qilmoqda edi.

P. Qodirov, Yulduzli tunlar.

 

2️⃣ Iftor vaqtida beriladigan ziyofat, mehmondorchilik.

 

Komiljon qarindosh-urugʻlarini
yigʻib, iftor qilib berdi.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.