Zugʻum va zoʻgʻim

Zugʻum va zoʻgʻim

Zugʻum aslan oʻzbekcha soʻz. Qahr-gʻazab; doʻq-poʻpisa, dagʻdagʻa; zulm kabi maʼnolarni anglatadi:

 

Husayn Murodbek yuksak rutbani egallab tursa-da, bir qadar insofli, raiyatga koʻpda zugʻum qilavermasdi.

S. Si$1yev, Avaz.

 

Lutfinisaning Qutbinisaga oʻsha vaqtda qilgan zugʻumlari hali ham uning yodidan chiqqan emas.

Mirmuhsin, Jamila.

 

Bu soʻzning zoʻgʻim varianti ham bor. U lugʻatlarga kirgan, shu shaklda qoʻllash ham mumkin.

 

📌  Demak:

Zugʻum, zoʻgʻim

 

@oriftolib

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.