Qolgan ishga qor yogʻmasa boʻldi

Qolgan ishga qor yogʻmasa boʻldi

Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosiga oʻzgartirishlar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamasi 2021-yil 1-noyabrgacha uzaytirilibdi.

Loyiha eʼlon qilinganda tez orada yangiliklar boʻladi degan umid paydo boʻlgandi. Nasib qilsa, sayt va kanalni ham butunlay yangicha alifboga oʻtkazmoqchi edim. Rejalarim yana choʻzilar ekan. Ishqilib, rejaligicha qolib ketmasa boʻldi.

Odatda biror mavzuda haddan ortiq bahs-munozara qilinsa, masalaning mohiyatidan uzoqlashib ketiladi.

Sizu biz qoʻshalifbodan qiynaldik, lotinda savodi chiqqanlar uning noqulayligini sezib-sezmay jabrini chekyapti.

Muhokamalarda qatnashing. Oʻzbek tili ikki alifbolilik balosidan qutulishi kerak. Biz ham, bizdan keyingilar ham normal alifboda yozish imkoniga ega boʻlsin.

Bizni kuzatib boring:

TelegramYouTube

Muallif haqida

Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.