Zidlov bogʻlovchisi va esa: bittasini ishlating

Baʼzan zidlov bogʻlovchisi bilan boshlangan gapda esa ham qoʻllanadi. Bu xatodir. Chunki zidlov bogʻlovchilari zamiridagi nisbatlash, ajratish maʼnolari esa soʻzida ham bor. Mazmunni takrorlash gʻalizlik keltirib chiqaradi:
Oʻtgan gal shovqin edi, ammo bugun esa unday emas. ❌
Ikkovidan birini ishlatish kerak:
Oʻtgan gal shovqin edi, ammo bugun unday emas. ✅
Oʻtgan gal shovqin edi, bugun esa unday emas. ✅
Boshqa misol:
Men unga rosa tushuntirdim, biroq u esa tushunmadi. ❌
Men unga rosa tushuntirdim, biroq u tushunmadi. ✅
Men unga rosa tushuntirdim, u esa tushunmadi. ✅
@oriftolib

Muallif haqida
Orif Tolib – bir necha kitoblar, ilmiy, badiiy va publitsistik maqolalar muallifi, muharrir, tilshunos. Daryo.uz nashri kolumnisti. “Ibrat farzandlari” loyihasining oʻzbek tilidan savodxonlik darslari ustozi. Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi.