Iftor

Bu soʻz arabcha roʻza tutishni toʻxtatdi maʼnosidagi fatara feʼlidan yasalgan. Asliyatda roʻza tutishni toʻxtatish, nonushta qilish maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida quyidagi maʼnolarda qoʻllanadi:   1️⃣ Roʻza...

Xurmo

Bu soʻz eski oʻzbek tiliga fors-tojik tilidan oʻzlashgan. Oʻrxun-Enasoy yozma manbalarida, Mahmud Koshgʻariy lugʻatida uchramaydi. Zamaxshariy lugʻatida xurma, Alisher Navoiy asarlarida xurmo shaklida uchraydi. Xurmo...

Momaqaymoq – qoqioʻt

Momaqaymoq – sariq toʻpgulli, shamolda uchib ketadigan toʻzgʻoq urugʻli oʻt. Uning qoqioʻt degan nomi ham bor. Bitta tushunchani ifodalagani uchun qoʻshib yoziladi. Bolalar momaqaymoqning toʻzgʻoqlarini...

Ayyomingiz bilan: ayyom nima?

Bayram kunlarida “Ayyomingiz bilan!”, “Ayyomlaringiz qutlugʻ boʻlsin!” kabi gaplarni koʻp eshitamiz. Ayyom oʻzi nima? Ayyom arabchadan olingan, asliyatda kunlar degan maʼnoni anglatadi. Oʻzbek tilida uch...

Joʻmard va jumard

Bu ikki soʻz juvonmard soʻzining qisqargan shaklidir. Juvonmard forschadan olingan boʻlib, asliyatda olijanob, mard kishi; olijanob, mard maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida ikki xil maʼnoga...

Junbishga kelmoq: junbish nima?

Junbish soʻzi forschadan olingan. Asliyatda ijtimoiy hara­kat; harakatlanish, qimirlash maʼnolarini anglatadi. Oʻzbek tilida mustaqil ishlatilmaydi. Junbishga kelmoq yoki junbishga kirmoq iboralari tarkibida qoʻllanadi. Ushbu...

Boyaqish va boyoqish

Koʻpchiligimiz boyaqish shaklini qoʻllaymiz va shu sababli ana shu variant toʻgʻri deb oʻylaymiz. Aslida toʻgʻrisi – boyoqish. Boyoqish soʻzi achinish uygʻotuvchi holatli, bechora, shoʻrlik maʼnolarini...

Dukkakli ekinlar: dukkak nima?

Dukkak aslan oʻzbekcha soʻz boʻlib, loviya, mosh kabi oʻsimliklarning donni oʻrab turuvchi ikki pallali poʻchogʻi; qoʻzoq; dukkakdoshlar mevasi maʼnolarini anglatadi:   Loviya dukkak chiqaribdi. Mosh dukkaklari....

Loʻttiboz: “loʻtti” nima?

Loʻttiboz soʻzi arabcha va forscha soʻzlar birikmasidan hosil boʻlgan. Birinchi qismidagi lutiy soʻzi Lut alayhissalomga tegishli degan maʼnoni anglatadi. Lut alayhissalom haqida gap ketganda...

Kazo-kazolar va hokazolar

Bu ikki soʻz tilimizda tez-tez qoʻllanib turadi. Lekin ularning asl maʼnosi nimaligi haqida koʻpchilik bilavermasa kerak. Kazo soʻzi arabchada shunday, shu kabi maʼnolarini anglatadi. Oʻzbekchada...

@oriftolib

Telegram kanalimizga aʼzo boʻling.

Ulanish
Yopish

Xato haqida xabar

Muharrirga joʻnatiladigan matn: